Oksford universiteti olimlari ayollarni xiyonat qilishga boʻlgan moyilliklarini qanday aniqlash mumkinligi maʼlum qilishdi.
Oksford universiteti mutaxassislari tadqiqot oʻtkazib, chap qoʻlining koʻrsatgich barmogʻi nomsiz barmogʻidan uzunroq boʻlgan ayollar oʻz juftiga xiyonat qilishga moyil boʻlishlarini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Biology Letters nashrida keltirilgan.
Natijalarga koʻra, xiyonat qilishga moyil boʻlgan xonimlarning koʻrsatgich barmogʻi nomsiz barmogʻidan uzunroq boʻladi. Biroq erkaklarda shunga oʻxshash bogʻliklik kuzatilmagan.
Olimlar aniqlashicha, barmoqlar uzunligi oʻzaro munosabati ayollar jinsiy gormoni estrogenlar darajasini aks ettirgan.
Tadqiqotda jami 474 nafar kishi ishtirok etgan. Ulardan anketa toʻldirishni soʻrashgan. Anatomik koʻrsatgichlari oʻlchanib, tahlillar olingan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - CC0 / pixabay