Tramp advokatlari porno aktrisa Stormi Deniyelsdan sud harajatlarini qoplab berishini talab qilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Trampning advokatlari porno aktrisa Stormi Deniyels (hozirgi ismi – Stefani Klifford)dan 800 ming dollar atrofidagi mablagʻni, yaʼni sud va huquqiy harajatlarni qoplash berilishi maqsadida sudga murojaat qilishdi. Stormi bundan avval Trampga qarshi tuhmat qilish boʻyicha ariza topshirgandi. Bu haqda RIA novosti Fox News telekanaliga asosan xabar qildi.
© SPUTNIK / MAKSIM BOGODVID
Seks-oʻyinchoqlar, kolbasa, oʻrgimchak: yoʻlovchilar bagajida topilgan eng gʻalati narsalar
Telekanalning maʼlumotlariga koʻra, AQSH prezidenti advokati Chalz Xarder uning firmasi Deniyels ishi boʻyicha Trampni himoya qilish uchun 500 soatdan ortiq vaqt sarflagan va sud harajatlari esa 390 ming dollarni tashkil qilgan.
Shuning uchun advokat suddan soat va sud harajatlariga teng boʻlgan pullarni Deniyels tomonidan toʻlanishi tayinlashni soʻragan. Bu “qayta shikoyat arzlarini yozilishi va yengiltak ishlar boʻyicha boʻhton maʼlumotlarni tarqatish” oldini olish uchun qilinayotganligini aytiladi.
Sudya Djeyms Otero hozircha bu advokat talabnomasi boʻyicha qaror chiqarmadi.
Porno aktrisaning advokati Maykl Avenatti Tramp advokatlarining talablari “beʼmani va gʻazabni keltiradigan” deb izoh beradi.
“Siz shunchaki oddiy osmondan biron raqamni olib, mening mijozimni Donald Trampga boʻysunishga majburlashga harakat qilib, uni qoʻrqita olmaysizlar”, - dedi Aventati.
Aktrisa aprelda Nyu-Yorkda federal sudga shikoyat arizasini topshirgandi.
Deniyels arizasiga koʻra, Tramp unga 18 aprel kuni tuhmat qilgan, u Twitter orqali aktrisa AQSH yetakchisi bilan aloqalarni oshkor qilmasligi uchun unga tahdid qilish boʻyicha firibgarlikda ishtirok etishini yozgan.
Deniyels va uning advokati sud hakamlari hayʼati tomonidan koʻrib chiqilishi va unga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi talab qiladi. Oktyabr oyida Nyu-Yorkda federal sud Trampga qarshi Deniyels arzini unga nisbatan tuhmat sababli koʻrib chiqishni rad etadi.
Ilgari, aktrisa va Tramp oʻrtasida aloqalar uning Melanya bilan 2006 yilda toʻyidan keyin bir yildan oʻtgandan soʻng boʻlganligi haqida maʼlum qilingan. Avvalida porno aktrisa Tramp bilan aloqalari toʻgʻrisidagi xabarni inkor qiladi. Biroq keyinchalik Klifford Los-Andjeles Oliy sudiga arz topshirganligi maʼlum boʻladi. Unda Tramp bilan aloqalarni oshkor etish haqidagi kelishuv haqiqiy emasligini taʼkidlangan. Aktrisa oʻz arizasida Tramp bilan aloqa 2006-2007 yillarda boʻlganligini yozgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © AP Photo / Markus Schreiber