Xavfsizlik xizmati xodimlari yoʻlovchilar qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazayotganda ayrim holatlarda juda ham gʻalati narsalarni topishadi.
TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari koʻrik davomida yoʻlovchilar bagajida topilgan eng gʻalati narsalarni soʻzlab berishdi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga asosan xabar qildi.
SPUTNIK / RAMIZ BAXTIYAROV
Sariq, qizil, yashil va koʻk yoʻlak: bojxona koʻrigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi
Xavfsizlik xizmati xodimlari yoʻlovchilar qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazayotganda ayrim holatlarda juda ham gʻalati narsalarni topishadi.
Ular xavf tugʻdirmaydi, biroq odamlarda aralash - kulgu va qoʻrquv hissiyotlarini keltirib chiqaradi.
Xususan xodim yoʻlovchi bagajida bir nechta joʻxori va muzlatilgan kolsabani topib oladi. Ehtimol, yoʻlovchi piknikka ketayotgan koʻrinadi.
Boshqa xodim esa bagaj ichida tirik oʻrgimchakni topib oladi. Oʻrgimchak chemodandan chiqib kelganda, xodim qoʻrqqani bois qichqirib yuborgan.
Aeroport xodimlari koʻrik davomida koʻpincha turli seks-oʻyinchoqlarni topishadi.
© SPUTNIK / RAMIZ BAXTIYAROV
Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qoʻmitasi raisi
Yana bir holatda chemodan ichida inson kuli solingan urna va bosh suyagi topilgan.
Yoʻlovchida inson bosh suyagini olib oʻtishga uchun barcha hujjatlari boʻlgan, biroq xavfsizlik xizmati xodimlariga bu juda ham gʻalati koʻrindi. Shuningdek, boshqa holatda bagaj ichida bogʻ gnom haykalchasi topiladi.
Bir marta esa ayol homilador deb oʻzini koʻrsatish maqsadida, kiyimining old choʻntagiga butun pishirilgan tovuqni olib oʻtishga harakat qilganligi aniqlandi.
Aeroport xodimlari uni toʻxtatishganda ayol tovuqni yeb qoʻyishga harakat qiladi. Juda "ajoyib" qaror, ehtimol u tovuqni shunchaki bagajga topshirish mumkinligini bilmagan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Maksim Bogodvid