Yandeksofon 17,99 ming rubl narxda Rossiya savdo tarmoqlariga chiqariladi.
"Yandeks" kompaniyasi oʻz samrtfonlarni sotuvga chiqardi, deb xabar qilmoqda Ria Novosti.
Yangi smartfonda Yandeks tomonidan ishlab chiqilgan ovozli yordamchi “Alisa” dasturi apparat darajasida biriktirilgan boʻlib u har qanday sharoitda telefon orqali yoki telefon bilan bogʻliq boʻlgan barcha uskunalar orqali chaqirilishi mumkin.
Yandeksofon Android 8.1 operatsion tizimi orqali ishlaydi. Telefon 8 yadroli Snapdragon 630 protsessori, 5,65 dyuymli 2160 ga 1080 pikselli ekran bilan jihozlangan. Shuningdek NFC va sifatli Qualcomm Aqstic audiochip bilan jihozlangan. Smartfonga 16 va 5 megapikselli ikki obʼyektivli kameralar oʻrnatilgan.
Yandeksofon Rossiyada 17,99 ming rublda "Beru", "Bilayna", "M.Video" va "Eldorado" savdo tarmoqlari orqali sotuvga chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, bu Yandeks tomonidan ishlab chiqilgan birinchi smartfondir. Bundan oldin Rossiyalik internet gigant “Yandeks Stantsiya” nomli uskunani sotuvga chiqargan edi. Bu smart kolonka Apple HomePodga oʻxshash boʻlib, u bilan rus tilida muloqot qilish mumkin. U musiqa kino internet brauzing va boshqa funktsiyalarga ega. Televizar va musiqa apparaturaga turli uslublar bilan ulanishi mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Yevgeniy Odinokov