Yilning eng nufuzli ayoli maʼlum boʻldi – Forbes reytingi

5 декабря 2018 Yilning eng nufuzli ayoli maʼlum boʻldi – Forbes reytingi

Forbes talqiniga koʻra, Angela Merkel birinchi pogʻonani egallagan. Merkel sakkiz yildan buyon reyting yetakchisidir.

Forbes jurnali dunyoning eng nufuzli yuz nafar ayollar roʻyxatini tuzdi.

64 yoshli Germaniya kantsleri Angela Merkel sakkizinchi marta roʻyxatning yetakchisiga aylandi. 62 yoshli Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ikkinchi pogʻonadan oʻrin olgan. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbari Kristin Lagard uchinchi pogʻonasini zabt etgan.

Yetakchilar beshligidan General Motors bosh direktori Meri Barra va Fidelity Investments kompaniyasi raisi va prezidenti Ebigeyl Jonson joy olgan.

Forbes roʻyxatida amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri 20-oʻrin, Britaniya qirolichasi Yelizavetta II 23-oʻrin, AQSH prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp 24-oʻrinni egallashdi.

Rossiya Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina 49-pogʻonani egallab, bu yilgi reyting roʻyxatiga kiritilgan yagona rossiyalik ayol boʻldi. U amerikalik qoʻshiqchi Beyonse (50-oʻrin) va YEI diplomatiya rahbari Federika Mogerinini (67-oʻrin) ortda qoldirdi.

2017 yil ilk bor reyting roʻyxatiga kiritilgan RT bosh muharriri Margarita Simonyan, 2018 yil reyting roʻyxatiga kiritilmagan. Oʻtgan yil u 52-oʻrindan joy olgandi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Aleksey Vitvitskiy