“Oʻztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

5 декабря 2018 “Oʻztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

Baxodir Eshmuratov “Oʻztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.

 Hukumat qarori bilan Baxodir Beshimovich Eshmuratov “Oʻztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.

2018 yil iyun oyida rahbar etib tayinlangan Sharifjon Tursunov noyabrda lavozimidan boʻshatilgan edi. Uning ishdan ketish sababi nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish boʻyicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - Sputnik / Aleksey Drujinin