Yaponiya korporatsiyasi Oʻzbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

5 декабря 2018 Yaponiya korporatsiyasi Oʻzbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

Kredit Oʻzbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda kommunikatsiya markazlarini modernizatsiya qilish loyihalari uchun sarflanadi.

Oʻzmilliybanki Yaponiya Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) bilan umumiy qiymati 100 million dollari boʻlgan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu mablagʻ mamlakatda internetni rivojlantirish uchun sarflanadi, deb xabar qildi Oʻzmilliybank matbuot xizmati.

Bank vakilining soʻzlariga koʻra, kredit Oʻzbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan.

Shuningdek, mablagʻ “Magistral va koʻp tarmoqli maʼlumotlar uzatish tarmogʻini kengaytirish” (DWDM) va "IMS texnologiyasidan foylangan holda kommunikatsiya markazlarini modernizatsiya qilish” (IP Multimedia Subsystem) uchun sarflanadi.

“Ushbu loyihalarning asosiy pudratchisi “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi ekanligini hisobga olgan holda, Oʻzmilliybank tomonidan Yaponiyadan yetkazib berishni moliyalashtirish masalasi ishlab chiqildi”, - deyilgan xabarda

Tomonlar shuningdek, yapon iyenasida kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish, sindikatlashgan loyihalarni moliyalash hamda texnik koʻmak koʻrsatish va oʻzaro tajriba almashish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishdi. 

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilgacha internet tezligini kamida 10 barobar oshirish va MDH davlatlari darajasiga yetkazish toʻgʻrisida topshiriq bergandi.

Sumitomo Mitsui Banking Corporation 1876 yilda tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda Yaponiyaning oʻz aktivi (1,7 trln. dollar), butun dunyo boʻylab 70 ga yaqin keng tarmoqli boʻlinmalari va investitsion bank xizmatlarining barcha turini taqdim etuvchi hamda 70 ming xodimlar bazasiga egaligi bilan yirik moliyaviy guruhlaridan biri boʻlgan Sumitomo Mitsui Financial Group tarkibiga kiradi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Vladimir Trefilov