Britaniya Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarishga intilmaydi - Mi-6 rahbari bayonoti

3 декабря 2018

Yanger talabalar bilan suhbat davomida Rossiya Birlashgan Qirollik hududida "kimyoviy moddani qoʻllagani"ni taʼkidlab, britaniya maxsus xizmati RF "bu kabi harakatlarga olib keladigan foyda, tavakkal qilishga arzimaydi", degan xulosaga kelishiga intilayotganini qoʻshimcha qildi

 Buyuk Britaniya Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarishga urinmaydi, deb bayonot qildi dushanba kuni Britaniya tashqi razvedka xizmati - Mi-6 rahbari Aleks Yanger. RIA Novosti xabariga asosan.

"Men shuni taʼkidlab oʻtishim joizki, Rossiya davlati bizni notinchlantirishga urinsa ham, biz Rossiyani notinchlantirishga urinmaymiz. Biz eskalatsiyaga intilmaymiz", — deya ishontirgan u Sent-Endryus universitetida katta nutq bilan chiqishi vaqtida.

Yanger talabalar bilan suhbat davomida Rossiya Birlashgan Qirollik hududida "kimyoviy moddani qoʻllagani"ni taʼkidlab, britaniya maxsus xizmati RF "bu kabi harakatlarga olib keladigan foyda, tavakkal qilishga arzimaydi", degan xulosaga kelishiga intilayotganini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil toʻrtinchi mart kuni Britaniyaning Solsberi shahrida Bosh razvedka boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishgan va bu katta xalqaro mojaroni keltirib chiqargan edi. Rasmiy London yuz bergan hodisada Rossiyaning qoʻli borligi haqida eʼlon qilgandi, Moskva esa bu ayblovlarni qatʼiy inkor etib kelmoqda.

Yanger oʻz chiqishi davomida boshqa mavzularni ham tilga oldi, xususan xususan, Brexitga qaramay, britaniya maxsus xizmatlari yevropalik hamkasblar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishadi. Mi-6 rahbari, shuningdek, razvedka xizmati xodimlari ID tomonidan chet elda tashkillashtirilayotgan qator teraktlarning oldini olishga muvaffaq boʻlganlari haqida axborot bergan.



Read more: sputniknews-uz.com, автор - Mariya Tabak, фото - © Flickr / Martin Cooper