Ukraina Oʻzbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini toʻxtatdi

3 декабря 2018 Ukraina Oʻzbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini toʻxtatdi

Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi va Tashqi savdo vazirligi barcha tushuntirishlarni taqdim etdi.

. Xalqaro savdo boʻyicha idoralararo komissiya Oʻzbekiston yengil avtomobillarini Ukrainaga import qilinishiga doir surishtiruvni toʻxtatdi, deb xabarqildi Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi.

Vazirlik maʼlum qilishicha, surishtiruv jarayonida Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy tushuntirishlarni taqdim etdi.

Xususan, Oʻzbekiston prezidentining 2008 yil 21 avgustdagi “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan 2017 yil oxirigacha Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berilgandi, ular 2018 yildan boshlab amal qilmayapti.

Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi komissiyaga Ukrainaga asosiy eksport ulushini A-sinfdagi yengil avtomashinalarga toʻgʻri kelishi va ular Ukrainada ishlab chiqarilmasligini maʼlum qildi.

“Komissiya kompensatsion choralarni qoʻllash zarur emasligi, shuningdek, Ukrainaga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan import yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini chora koʻrmasdan toʻxtatishga qaror qildi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Davlat fiskal xizmati va Davlat statistika idorasi maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda Ukrainaga 13 940 dona yangi avtomobil olib kirilgan, ulardan 2823 donasi Oʻzbekistondan.

Ukrainaga 2018 yil yanvar-avgust oylari davomida 7808 avtomobil import qilingan, ulardan atigi 702 tasi Oʻzbekistondan boʻlgan. 2017 yil bilan solishtirilganda 2018 yilda umumiy importda Oʻzbekiston importi 20,3% dan 9 %ga qisqardi. 2018 yil soʻngi oylarida deyarli yoʻq.  

Surishtiruv oktyabr oyi boshida “Ukravtoprom” uyushmasi shikoyati asosida boshlangan.

Unda Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchisi Oʻzbekiston davlat organlaridan subsidiya olgan boʻlishi va alohida imtiyozlardan foydalangan boʻlishi mumkinligi bayon qilingan.

Shu bilan birga, Oʻzbekistondan Ukrainaga import qilingan avtomobil miqdori va shartlari tufayli milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilariga katta zarar yetkazilganligi aytilgan.

Uyushmaning maʼlumotlariga koʻra, 2015-2017 yillarda Oʻzbekistondan yengil avtomashinalar import hajmi sezilarli ortgan.

Komissiyada import qilingan avtomobillar narxi “Ukravtoprom” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar narxlaridan past boʻldi.



Read more: sputniknews-uz.com