Umumkiy hisobda KVN finalida sakkkizta jamoa ishtirok etdi. Gʻoliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi KVN terma jamoasi xalqaro festivalda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan "Sharq yulduzi" terma jamoasi Moskvada boʻlib oʻtgan "Mudofaa vazirining KVN kubogi" xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-oʻrinni egalladi.
Harbiy KVN oʻyinidagi gʻoliblikni Volsk shahridan boʻlgan "Mahfiy qurol" ayollar jamoasi qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi oʻringa uch jamoa — Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining "Sharq yulduzi" terma jamoasi, Krasnodarning "Top sekret" hamda Penzaning "Penzalik artileriyachilar" jamoasi munosib deb topildi.
Uchinchi oʻringa Dalnevostok oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) "Ostorojno! DVOKU" jamoasi qoʻlga kiritdi.
Umumkiy hisobda KVN finalida sakkkizta jamoa ishtirok etdi. Gʻoliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi.
Faxrli oʻrinni qoʻlga kiritgan harbiylar 2 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Harbiy orkestr sadolari ostida yigʻilganlar Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan Mudofaa vazirligi terma jamosini qutladilar.
Eslatib oʻtamiz, "Sharq yulduzi" terma jamoasi 2017 yilda Moskvada oʻtkazilgan "Hamdoʻstlik KVN" oʻyinlarida birinchi marta ishtirok etib, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - Minoboronы RUz