Anqaraning “turk dunyosi” qurish orzusi bor. Kelajakda turk manfaatlarini Ozarbayjondan tashqariga – Kaspiy hududi va Markaziy Osiyo davlatlariga tarqatish istagi ham yoʻq emas.
Turk quchlarining tinchlikparvar operatsiya niqobi ostida Ozarbayjonga kiritilishi Anqaraning Janubiy Kavkaz va Kaspiyboʻyi hududida harbiy-siyosiy taʼsirini hamda Turkifning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish istagi bilan izohlasa boʻladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun bir yil yetarli boʻlmasa kerak. Biz NATOning sobiq SSSR hududida sharqona murakkab uslubda kengaygayishini kuzatmoqdamiz.
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar 21 noyabr kuni mamlakat quruqlik kuchlari Ozarbayjonga harbiy-havo kuchlari yordamida Ozarbayjon hududiga yetib borish uchun tayyor ekanini bildirgan edi. Shu bilan birga Akar turk Qurolli kuchlari “xalqro maydondan yetakchilikka erishish yoʻlida oʻz tarixida eng murakkab davrlardan birini boshidan kechirayotganini” maʼlum qilgan edi.
Ozarbayjonga yuboriladigan turk qoʻshinlari tarkibi va soni hozircha nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Aytish joizki soʻnggi yillarda Turk armiyasining turli boʻlinmalari harbiy-texnik hamkorlik doirasida Ozarbayjon hududida doimiy ravishda boʻlib turmoqda. Rossiya-Turkiya ishtirokida tuzilgan Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish markazi faoliyati doirasida navbatdagi ofitserlar guruhini yuborish uchun turkiya prezidenti farmonini yoki parlament muhokamasa talab qilinmasa kerak.
Anqara va Moskva 11 noyabr kuni Togʻli Qorabogʻda tinchlikni nazorat qilish toʻgʻrisida memorandum imzolashdi. Ushbu hujjatda birgalikda tinchlikparvar qoʻshinlar tashkil qilish toʻgʻrisida hech narsa deyilmagan. Lekin keyinchalik Ilhom Aliyev va Rajap Erdoʻgʻon “Turkiya qoʻshinlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan tinchlikparvarlik missiyasi” toʻgʻrisida bir necha bor gapirishgan edi.
Moskvaning ushbu “qaynoq hudud”ga Turkiya qoʻshinlarini kiritmaslik toʻgʻrisidagi iltimosini ikkala tomon ham unutganga oʻxshaydi. Ozarbayjon hududidagi Turkiya quruqlik qoʻshinlari Rossiya bilan “monitoring” markazi doirasidagi hamkorlikdan tashqari yana biror narsaga tayyorgarlik koʻrsayotgani yaqqol bilinmoqda.
Katta muvaffaqiyat
Janubiy Kavkaz hududida Rossiya bilan yirik masshtabli mojaro uyushtirish uchun Turkiyada hech qanday sabab yoʻq. (muvaffaqiyatga erishish ehtimoli juda kam, lekin Anqara uchun salbiy oqibatlari esa - kafolatlangan). Lekin hududga ikki tomonlama hamkorlik doirasida yoki “tinchlikparvarlik bayrogʻi ostida” hududga sekin-asta kirib olish – samarali boʻlishi mumkin. Bunda Bokuning yordami Qorabogʻ mojarosini hal qilishda Turkiya yordami uchun “toʻlov” boʻlishi ham mumkin.
Togʻli Qorabogʻ hududida Turkiya harbiylarining ishtiroki hech bir shartnomada koʻrsatilmagan, jumladan Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya ishtirokidagi uch tomonlama shartnomada ham. Turk qoʻshinlarining Ozarbayjon hududida boʻlishi qonuniy jihatdan postfaktum rasmiylashtirilgan. Rossiyalik ekspertlar xulosasiga koʻra, sentyabr oxiridan boshlab Ozarbayjonda 1500ga yaqin turk harbiylari boʻlgan. Maslahatchi sifatida turk generallari va ofitserlari Ozarbayjon armiyasining barcha boʻgʻinlarida ishtirok etgan – Bosh shtabdan boshlab polklar shtabi boshqaruviga qadar.
Anqara tomonidan faqat Ozarbayjonni qoʻllab-quvvatlash Togʻli Qorabogʻ mojarosida Turkiyaga tinchlikparvar roliga davo qilishga yoki chegara chizigʻini birgalikda nazorat qilish imkonini bermaydi. Lekin ayrim variantlar boʻlishi mumkin.
Hozir Turkiya Ozarbayjonda mustahkam oʻrnashib olgan desak xato boʻlmaydi. Kelajakda turk qoʻshinlari ushbu hududda ikki tomonlama shartnomalar asosida yillab qolishlari mumkin. Bu xalqaro huquqni buzmasa-da, lekin tinchlikni ham kafolatlamaydi.
Dunyoning hech qaysi davlati Togʻli Qorabogʻni tan olmagani sababli Boku va Anqarada Togʻli Qorabogʻning arman aholisiga nisbatan “har narsa qilish mumkin” degan fikrlar kelishi mumkin. Turkiya TIV “joylardagi alohida kuzatuv boʻlimlari” haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga Turkiyadan olib kelingan jangarilar Ozarbayjondan olib chiqilgani haqida ham maʼlumot berilmadi. Ushbu vaziyatda “ozarbayjon ogʻalarining katta muvaffaqiyati”dan (Xulusi Akar iborasi) boshlari aylanib qolmasa boʻldi.
Kelajak rejalari
Anqara “turk dunyosi” qurish boʻyicha global rejalarga ega. Kelajakda turk kuchlari va manfaatlarini Ozarbayjon chegaralaridan tashqariga, Kaspiy hududi va Markaziy Osiyo davlatlariga ham tarqatish ehtimoli yoʻq emas.
Ancha kuchli armiyaga ega boʻlgan – 355 ming askar, 2600dan ortiq tank, 270 ta F-16 - koʻp maqsadli qiruvchilari, Turkiya Global Firepower reytingida haqli 11 oʻrinni egallab turibdi. Shu bilan birga Turkiya uchuvchisiz qurilmalarni, samolyotlarni, raketa va tanklarni ishlab chiqarish bilan faol shugʻullanib kelmoqda. Oʻtgan 15 yil davomida Turkiya mudofaa sanoati korxonalari soni 56 tadan 1 500taga yetdi.
Turkiya hukumati harbiy-sanoat kompleksida 75 milliar dollarlik dasturlarni boshqarmoqda, koʻplab xorijiy qurol aslaha sotib olinmoqda. Turkiya mudofaa byudjeti 18 milliard dollarni yoki 2020 yil jami byudjet xarajatlarining 13%ini tashkil qiladi.
Turkiya Suriya shimolida va Liviyada harbiy instrumentlaridan keng foydalanmoqda. Boshqa davlatlar manfaatlariga zid boʻlishiga qaramasdan Turkiya Oʻrta Yer dengizining katta qismiga daʼvo qilmoqda. Yirik neft zahiralariga ega boʻlgan Ozarbayjon – Turkiyaing agressiv va ekspansiv tashqi siyosati uchun rivojlanish maydoniga aylanmoqda.
Ushbu “inoqlashish”ning yana bir xavfli tomoni – bu Turkiya ortida Shimoliy alyans turganidir. Ular tajovuzkor Erdoʻgʻonni qayerda boʻlmasin har qanday mojaroda qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻda tinch hayot tarzini yoʻlga qoʻyishga harakat qilayotgan bir vaqtda Turkiya Ozarbayjonda harbiy infratuzilmani rivojlantirishga va oʻzining Janubiy Kavkazdagi mojarodagi Harbiy ishtirokini tasdiqlashga harakat qilmoqda.
Anqaraning Qorabogʻ rejasiga aralashuviga faqat logistika xalal bermoqda. Ozarbayjon va Turkiyaning umumiy quruqlik chegarasi juda kichik. Turkiyaning Ыgdыr viloyatida joylashgan ushbu chegara Naxichevan avtonom respublikasi hududida joylashgan boʻlib u katta Ozarbayjondan ancha uzoqda ham. Quroll kuchlar va qurol-aslahalarni samolyotda olib kelish ancha qimmatga tushadi. Undan tashqari parvozlar uchun Armaniston, Gruziya va Eronda ruxsatnoma olish kerak. Har qanday geosiyosiy vaziyatda ham Turkiya Rossiyaning Kavkaz va Yaqin Sharqdagi mustahkam pozitsiyasini hisobga olishiga toʻgʻri keladi.