Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoʻllarini qurishga doir qarorni imzoladi

30 ноября 2018 Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoʻllarini qurishga doir qarorni imzoladi

2018-2019 yillarda yoʻl qurilishi sohasida ilgʻor xorijiy uslublarni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, endilikda yoʻl qurilishini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etiladi. Xususan, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmita 2018 yil 30 dekabrgacha Germaniya tajribasini oʻrgangan holda xorijiy konsultant ishtirokini taʼminlaydi.

Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yoʻllari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020-2040 yillarda yoʻllarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi.

Hukumat avtomobil yoʻllari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari – “OBERMEYER Panen+Beraten GmbH”, “Lahmeyer Internetional GmbH”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbH”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar bilan hamkorlik oʻrnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi.

Qaror bilan Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga 2019 yil 10 fevralgacha avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazkazini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Moliya vazirligi avtomobil yoʻllari sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora-tabirlarini koʻradi.

2019 yildan boshlab yoʻl xoʻjaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olishni koʻzda tutadigan tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek qaror bilan 2018-2019 yillarda yoʻl qurilishi sohasida ilgʻor xorijiy uslublarni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Yoʻl xaritasi” doirasida 2019 yilda Oʻzbekistonning Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Xokimiyat Tashkenta