Oʻzbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yogʻingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

30 ноября 2018 Oʻzbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yogʻingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Bundan avval respublikada “Yandeks. Maxalla” va “Yandeks. Taksi” xizmatlari ishga tushgandi.

 “Yandeks. Ob-havo” xizmati Oʻzbekistonda yogʻingarchiliklar xaritasini koʻrsatishni boshladi.

Xaritada qayerda yaqin vaqtda qor yoki yomgʻir yogʻishi boshlanishi mumkinligini koʻrish mumkin. Shu bilan birga, oʻzbekistonliklar yomgʻir shahar markazida yoki faqat chekka hududida boʻlishini bilib olishlari mumkin.

Yogʻingarchiliklar bashorati ikki soat oldin 10 daqiqa interval bilan taqdim etiladi: 10-20-30 daqiqada qayerda yogʻingarchiliklar boʻlishini koʻrish mumkin.

Bundan tashqari, xizmatda foydalanuvchilarni “20 daqiqa ichida qor yogʻishi boshlanadi” yoki “Yaqin soat ichida kuchli yomgʻir tugamaydi” degan ogohlantirishlarni ham berish koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida “Yandeks” kompaniyasi Oʻzbekistonda yana bir xizmati - “Yandeks.Maxalla”ni ishga tushurgandi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Maksim Blinov