Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev tegishli hujjatni imzolashdi.
Oʻzbekiston hukumati Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Parlamentlararo assambleyasi konventsiyasiga aʼzo boʻlishga qaror qildi, deb maʼlum qildi Fedaratsiya kengashi spikeri, MDH PA kengashi raisi Valentina Matviyenko. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Oʻzbekiston respublikasini umumiy parlament oilamizga, assambleyamizga aʼzo boʻlishini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlaymiz... MDH parlament oilamiz endi toʻliq boʻldi”, - deydi Matviyenko.
Hujjat imzolangach, majlis zaliga Oʻzbekiston davlat bayrogʻi olib kirildi. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev soʻzlariga koʻra, konventsiyani imzolash “muhim ahamiyatga ega” va mamlakat uchun xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
MDH Parlamentlararo assambleyasi parlament-tuzuvchi rahbarlari tomonidan imzolagan shartnomaga asosan 1992 yil 27 martda tuzilgan.
Avvalroq Nigʻmatilla Yoʻldoshev Valentina Matviyenkoni Oʻzbekistonga taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Valeriy Melnikov