Uzbekistan Airways Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga chipta narxlarini pasaytirdi

30 ноября 2018 Uzbekistan Airways Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga chipta narxlarini pasaytirdi

Arzon chiptalarni 2018 yil 29 noyabrdan 2019 yilning 15 yanvargacha boʻlgan reyslarga sotib olish mumkin.

 Uzbekistan Airways Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chipta narxlarini pasaytirdi.

Kompaniya matbuot xizmatida xabar berishlaricha, 2018 yil 29 noyabrdan 2019 yil 15 yanvargacha Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chiptalarining eng past narxi 100 yevroni, Moskvaga borib-qaytish chiptalari narxi esa 175 yevroni tashkil etadi.

Avvalroq "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar eʼlon qilgan edi.

Bundan tashqari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tarkibidan “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqishi haqida 27 noyabr kuni qabul qilingan prezident qarorida aytib oʻtilganligi toʻgʻrisida xabar berilgandi.



Read more: sputniknews-uz, фото -© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov