Mirziyoyev nega qoʻqqisdan harbiy trevoga eʼlon qildi?

29 ноября 2018 Mirziyoyev nega qoʻqqisdan harbiy trevoga eʼlon qildi?

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev butun respublikada oʻquv trevogasini eʼlon qilgan edi. Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng koʻlamli qoʻqqisdan tekshiruvlar Oʻzbekiston armiyasida avval oʻtkazilmagan

 Qoʻqqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — joriy yil davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilganishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

26 noyabr kuni erta tongda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligini tekshirish boʻyicha majmuaviy tadbirlar boshlandi. 

Oʻzbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun keng koʻlamli oʻquv mashgʻulotlari boshlandi. Unga asosan Mudofaa vazirligi qoʻshinlari "Trevoga!" signali boʻyicha koʻtarildi. Ushbu oʻquv mashgʻuloti 30 noyabrga qadar, besh kun davomida oʻtkaziladi. Unda Mudofaa vazirligining barcha qoʻshinlari qatnashmoqda.

"Qoʻshinlar qoʻllanilishi boʻyicha tegishli vazifalarni belgilangan muddat ichida bajarishlari, yaʼni harbiy xizmatchilarning oʻquv-jangovar topshiriqlarni amalga oshirishi va nostandart qarorlarni qabulqilishga tayyor ekanliklarini koʻrsatishlari lozim", - deyiladi xabarda.

Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng koʻlamli qoʻqqisdan tekshiruvlar Oʻzbekiston armiyasida avval oʻtkazilmagan.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi tomonidan vazifalar belgilab berildi va harbiy okrug qoʻmondonliklariga yetkazildi. Shundan soʻng, statsionar boshqaruv punktlari tashkil etildi va unda amaliy ishlar boshlab yuborildi, harbiy okruglarning mobil boshqaruv punktlari oʻz ishini boshladi.

Bunda asosiy eʼtibor qoʻshinlarni barqaror va uzliksiz boshqarishni tashkil etish hamda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Tekshiruvning ushbu bosqichida xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qatʼiy rioya qilindi.

Qoʻqqisdan tekshiruv davomida qoʻshinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.

Signal qoʻqqisdan berilgan boʻlsada, qoʻshinlarni shoshirib qoʻymadi. Oʻquv yili davomida qoʻqqisdan boʻladigan tadbirlar boʻyicha oʻtkazilgan mashgʻulotlar harbiy xizmatchilardaeng masʼuliyatli vaziyatlarda jangovar shay holatga tayyor turishini taʼminladi.

26 noyabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻshinlari avto hamda zirhli texnika vositalari tarkibida belgilangan hududlarga kolonna shaklida marshni amalga oshirdi. Harbiylarning maʼnaviy va psixologik holati barqaror, shaxsiy tarkib keyingi vazifalarni bajarishga tayyor turibdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - Minoboronы RUz