Jeki Channing qizi dugonasi bilan turmush qurdi

29 ноября 2018 Jeki Channing qizi dugonasi bilan turmush qurdi

Juftlik nikohni Kanadada rasmiylashtirdi, shundan soʻng Gonkongga yoʻl oldi

. Mashhur aktyor va rejissyor Jeki Channing qizi Etta U Jolin oʻzidan 11 yosh katta boʻlgan kanadalik model Endi Otom bilan rasman bir jinsli nikohdan oʻtdi. Ikkala ayolning Instagram-akkauntlaridagi yozuvlar bundan dalolat bermoqda.

"Gonkongga xotin va xotin tarzida qaytdik", — deb yozgan Otom oʻz postida.

Qoldirilgan postlarga koʻra, xonimlar Torontoda nikohdan oʻtib, soʻngra bir jinsli nikohlar taʼqiqlangan Gonkongga qaytib ketishgan.

Joriy yil may oyida 19 yashar Etta U Jolin oʻzi va hamrohi ota-onalari ularning noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyasini qabul qila olmaganligi tufayli bir oy koʻprik ostida tunashga majbur boʻlgani haqida aytib bergan edi.

Shuningdek, Etta oʻtgan yilning aprel oyida xuddi mana shu sabab qarindoshlari bilan boʻlgan janjaldan soʻng oʻz joniga qasd qilishga uringan.

Etta Jeki Chan va "Miss Osiyo - 1990" goʻzallik tanlovi gʻolibasi Eleyn Ngning qizi. Aktyorning tayvanlik aktrisa Joan Lindan 35 yashar oʻgʻli bor.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Yekaterina Chesnokova