Afgʻoniston hukumati tinchlik muzokaralari boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqdi

29 ноября 2018 Afgʻoniston hukumati tinchlik muzokaralari boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqdi

Ashraf Gʻani Qobul siyosiy jarayonga Afgʻonistonga taʼsir oʻtkazishga urinayotgan hech qanday qurollangan guruhlarni jalb etishga yoʻl qoʻymasligini alohida qayd etdi.

 Afgʻoniston hukumati tinchlik muzokaralarining "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishdi, deb bayonot qildi Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani chorshanba kuni Jenevada oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro vazirlik anjumanida.

"Butun mamlakatimiz boʻylab bir necha oy davomida fuqarolarimiz bilan boʻlib oʻtgan intensiv maslahatlashuvlardan soʻng biz tinchlik muzokaralari uchun yoʻl xaritasini shakllantirdik. Biz tinchlik bitimi uchun zarur boʻlgan tuzilma va mexanizmlarni yaratdik. Biz tinchlik jarayonining yangi sahifasi sari oldinga harakat qilmoqdamiz. Biz "Tolibon" ishtirokida tinchlik bitimini xohlaymiz.

Prezident shu bilan birga, Qobul siyosiy jarayonga Afgʻonistonga taʼsir oʻtkazishga urinayotgan transmilliy jinoyatchilik, terroristik uyushmalar yoki boshqa nodavlat tashkilotlarga aloqador hech qanday qurollangan guruhlarni jalb etishga yoʻl qoʻymasligini alohida qayd etdi.



Read more: sputniknews-uz., Yelizaveta Isakova, фото - © Sputnik / Valeriy Melnikov