Soddalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkasi: prezident qarori loyihasi tayyorlandi

29 ноября 2018 Soddalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkasi: prezident qarori loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab soddalashtirilgan yagona yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini joriy qilinishi nazarda tutilgan.

 “Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasida Moliya, Iqtisodiyot, Qishloq xoʻjaligi vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi,  Davergeodezkadastr qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun soddalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkasi joriy etilishi yuzasidan takliflari maʼqullash;

Moliya, Iqtisodiyot vazirlilari, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun 2019 yil 1 yanvardan boshlab soddalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkasi joriy etish belgilangan.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun:

- 2019 yil 1 yanvardan boshlab, soddalashtirilgan yagona yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini joriy qilinishi;

- boshqa faoliyat turlari boʻyicha olgan daromadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda soliq toʻlash mexanizmlari qoʻllanilishi;

- yer soligʻini hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 40 foizi, hisobot yilining 1 noyabriga qadar – soliq summasining qolgan qismi toʻlanishi nazarda tutilgan.

Har yili 1 mart xolatiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularning yer maydonlari toʻgʻrisida yagona roʻyxat shakllantirilishi mumkin.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Oleg Makarov