Oʻzbekiston prezidenti 8-9 oktyabr kunlari Frantsiyaga rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Bu tashrif bilan mamlakatning tashqi siyosatida Yevropa yoʻnalishi ochib berildi.
Oʻzbekiston prezidenti Yevropaga oʻzining birinchi tashrifini amalga oshirdi. Buning uchun Frantsiya davlati tanlandi.
Shavkat Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga tashrif dasturi bir xil stsenariy boʻyicha ketmoqda: Oʻzbekiston rahbari barcha muhim siyosiy amaldorlari va xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashishga harakat qilmoqda.
Frantsiya tashrifi ham istisno boʻlmadi – Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tor va keng doiradagi muzokaralardan tashqari, Mirziyoyev Frantsiya Senati raisi Jerar Larshe bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Emmanuel Makronning Oʻzbekiston yetakchisi bilan boʻlgan muzokaralari chogʻida siyosiy masalalar ham koʻrildi – davlatlar oʻrtasida hamkorlik, Afgʻoniston muammosi, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Frantsiya oʻrtasida jami 10 ta hujjat imzolandi – asosan bular harbiy-texnikaviy hamkorlik, turizm, moliyaviy investitsion loyihalar boʻyicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, madaniyat va avtomobil tashuvlari sohasida bitimlar.
Qizgʻin muzokaralar kun tartibi va ayrim sanoat tarmoqlari uchun aniq raqarlarning yetishmasligini ikkita sabab bilan tushuntirish mumkin: birinchidan, bu Mirziyoyevning Frantsiyaga (Yevropaga) birinchi tashrifi, ikkinchi tomondan esa, aniq loyihalar boshqa uchrashuvda muhokama qilindi – ular biroz oldin boʻldi.
Prezidentlar oʻrtasidagi muzokaralardan oldin ham anʼnaviy biznes forum oʻtkazildi, unda 5 milliard yevroga teng bitimlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Frantsiya biznes vakillari bilan ham uchrashdi. Total, GDF Suez, Vinci, Thales, Fives, Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki va Frantsiya rivojlanish agentligi vakillari Oʻzbekiston bilan loyihalarni muhokama qilishdi. Ular oʻtgan yilda turli loyihalar uchun Oʻzbekistonga 400 million yevro ajratgandi.
Shavkat Mirziyoyev madaniyat masalarga ham alohida eʼtibor qaratdi. Bu mavzu va tarixiy merosni asrash boʻyicha yangi loyihalarni Emmanuel Makron bilan va YUNESKO bosh direktori Odri Azule bilan ham muhokama etildi. Xususan, Oʻzbekistonda ikkita – Markaziy Osiyo yosh olimlari va “Madaniy merosni asrash sohasida axborot texnologiyalari oʻrni” forumi oʻtkaziladi. Bundan tashqari, YUNESKO rahbari bilan 2021 yilgacha hamkorlik dasturi imzolandi.
Oʻzbekiston prezidentining Frantsiyaga 22 yil ichida birinchi tashrif strategik va amaliy jihatdan juda samarali boʻldi. Yangi prezidentning Yevropaga birinchi qadami qoʻyildi va u juda ishonchli boʻldi.
Read more: sputniknews-uz, фото - REUTERS/Pascal Rossignol