Kikboksing, muaytay, qoʻl jangi, ushu bilan shugʻullanayotgan sportchilar oʻrtasida boks boʻyicha turnir tashkil qilish taklif etildi
Milliy olimpiya qoʻmitasida boks, dzyudo, taekvondo WTF va karate WKF sport turlari boʻyicha saralash musobaqalarini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda sharq yakkakurashlarining turli yoʻnalishi bilan shugʻullanayotgan yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish, ular uchun maxsus musobaqa oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.
“Unga koʻra kikboksing, muaytay, qoʻl jangi, ushu bilan shugʻullanayotgan sportchilarimiz oʻrtasida boks boʻyicha turnir tashkil qilish taklif etildi”, - deyiladi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, kurash, sambo, belbogʻli kurash, jiu-jitsudan dzyudoga, taekvondoning anʼanaviy, shuningdek, ITF va GTF yoʻnalishlari, oʻzbek jang sanʼati, jun ri dodan taekvondo WTFga, fudokan karate-do, anʼanaviy karate va shotokan karate-dodan esa karatening WKF yoʻnalishiga yoʻnaltirish ishlari olib boriladi.
15-21 yoshli sportchilar ishtirokida tashkil qilinadigan musobaqani joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkazish rejalashtirildi.
Read more: sputniknews-uz, фото - © NOK Uzbekistana