Rossiya teleradio milliy assotsiatsiyasi prezidenti Eduard Sagalayev hokimiyat tepasiga Shavkat Mirziyoyev kelishi bilan mamlakatda, jumladan televideniye cohasida ham ijobiy oʻzgarishlar boshlanganligini taʼkidlab oʻtdi.
Sputnik Oʻzbekiston radio efirida Eduard Sagalayev barcha televideniye xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi. Shuningdek, televideniye mamlakatda zamonaviy darajada faoliyat yuritayotganini qayd etdi.
“Oʻzbek televideniyesi jahon tendentsiyalaridan aslo ortda qolayotgani yoʻq. U zamonaviy darajada qilinmoqda, unda rang-barang dasturlar oʻrin olgan. Lekin eng asosiysi – bu Oʻzbekistonda xususiy televideniye mavjud!... Bu mamlakatning ulkan yutugʻidir. Davlat televideniyesi ham yuqorida darajada ishlamoqda”, - deydi suhbatdosh.
Toʻliq suhbatni quyidagi audiopodkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.
Read more: sputniknews-uz, фото - © Sputnik / Ramil Sitdikov