AQSH koronavirusning kelib chiqishini aniqlamoqchi - Tramp

19 апреля 2020 AQSH koronavirusning kelib chiqishini aniqlamoqchi - Tramp

AQSH prezidenti Uxanda virus kelib chiqishi versiyasi boʻyicha tergov olib borilayotgani haqida berilgan savolga javob berdi.

 Amerika tomoni Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada COVID-19 koronavirusi paydo boʻlgani haqida versiyani koʻrib chiqmoqda va uning kelib chiqishini aniqlamoqchi, dedi AQSH prezidenti Donald Tramp. RIA Novosti xabariga asosan.

Uxanda virus kelib chiqishi versiyasi boʻyicha tergov qanday olib borilayotgani haqida berilgan savolga AQSH prezidenti javob berdi:

“Yaʼni koʻp gʻalati narsalar roʻy bermoqda, biroq tergovlar olib borilmoqda, biz virus kerib chiqishi haqida bilib olmoqchimiz. Aytishim mumkin boʻlgan narsa – u qayerda paydo boʻlmasin, u Xitoydan keldi, qanday shaklda muhim emas. Hozir bir yuz sakson davlat undan azob chekmoqda”, -  dedi Tramp.

Bundan avval AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo XXRdan koronavirus pandemiyasi kelib chiqishi masalasida shaffoflikni talab qildi. Shu oʻrinda Pompeo Uxandagi laboratoriyadan virus chiqishi mumkinligi haqida Amerika OAVlari maqolalarni tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortdi.

Amerikaning Fox News telekanali oʻz manbalariga asoslanib, COVID-19ga chalingan birinchi bemor Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagan, deb xabar qildi. Kanalning manbalaridan biri Xitoyni "dalillarni yashirish boʻyicha tarixda eng qimmat operatsiya" da ayblagan. Shu oʻrinda taʼkidlanishicha, laboratoriya biologik qurol ishlab chiqmaligi, xitoylik olimlari tomonidan virusni tadqiq qilish boʻyicha yuksak natijalarini namoyish qilishi kerak edi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi, XXR boshidan beri koronavirus infektsiyasi epidemiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda ochiq va masʼuliyatli pozitsiyaga ega ekanligini maʼlum qildi.   

 

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishdi.

Mutaxassislar yangi koronavirus uning qoʻzgʻatuvchisi boʻlganligini aniqladilar, keyinchalik kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlandi.

JSST 11 martda yangi koronavirus infektsiyasi COVID-19  tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda deyarli 2,1 million yuqtirish holatlari qayd etildi, deyarli 140 ming kishi vafot etdi.