Forbes jurnali versiyasiga koʻra, bu yilning eng koʻp haq oluvchi xonanda sifatida amerikalik qoʻshiqchi Keti Perri tan olingan.
Forbes jurnali har yillik eng koʻp haq oluvchi ayol xonandalarining reytingini nashr etdi.
Reyting birinchi qatorini amerikalik qoʻshiqchi Keti Perri egallagan. Uning bir yillik daromadi qariyb 83 million dollarni tashkil etgan. Daromadining asosiy manbai uning Witness tur kontsertlari boʻlgan.
Nufuzli roʻyxatning ikkinchi oʻrini amerikalik qoʻshiqchi Teylor Sviftga nasib etgan. Forbes uning daromadini 80 million dollarda baholagan. Teylorning Reputation albomi bir hafta ichida ikki milliondan ziyod nusxada sotilgan.
Uchinchi oʻrinda 60 million dollar daromad bilan Beyonse joy olgan. Oʻtgan yili xonanda reyting birinchi oʻrinini zabt etgandi.
Read more: sputniknews-uz, foto-© AP Photo / Invision/Robb Cohen