25 oktyabr kuni SSP tomonidan xalqaro o'zbek-rus «Xalqaro gumanitar hamkorlik. Tajriba va istiqbollar» konferentsiyasi o’tkazildi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o'rtasida ta'lim va gumanitar hamkorlik sohasidagi hukumatlararo bitimlarning amaliy ijrosi doirasida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Farmoni bilan e'lon qilingan 2019 yilgi "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi va 2017-2021 yillarga mo'ljallangan milliy harakatlar strategiyasi doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirda «SharqAyoli» fondining rahbari Saodat Gafurovna Tursunbaeva moderatorlik qildi.
Tadbirda O'zbekiston va Rossiya fondining ta'lim, tibbiyot, Internet-kommunikatsiyalar va ijtimoiy biznes sohasidagi hamkorlari ishtirok etdilar.
Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi raisining o'rinbosari – Butaev O'tkir Mo'minovich ochib, hamkorlikni rivojlantirishning eng dolzarb masalalarini belgilab o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bo'yicha demokratik institutlar qo'mitasining a'zosi – Koshelapova Lyudmila Viktorovna o'zining tabrik nutqida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda ayollar tashkilotlarining roli, shuningdek, "SharqAyoli" jamg'armasi, xususan Direktori – Saodat Gafurovna Tursunboyevaning Oliy Majlis huzuridagi ekspert guruhidagi ishtiroki muhimligini ta'kidladi.
Rossiyadan, O'zbekistonda gumanitar loyihalarni amalga oshirishni taqdim etgan Rossiya Gumanitar Missiyasi (Moskva shahri) Bosh direktori Aleksey Polkovnikov hamkorlik tajribasi haqida so'zlab berdi.
Volkov Oleg-"GledLingvo" ta'lim kompaniyasi direktori (Moskva) «Мaktablar, universitetlar va boshqa ta'lim muassasalari uchun xalqaro Internet-platformalar sinfi» bepul modulini taqdim etdi.
Tadbirda Saratov viloyati vakillari ham ishtirok etdilar. «Evrosiyo-Povol’je» Axborot-tahlil markazining Direktori (Saratov shahri, Rossiya Federatsiyasi) Marina Lapenko o'z nutqida Saratov viloyati jiddiy sarmoyaviy salohiyatga va noyob transport markaziga ega bo'lgan mintaqa – bu yerda Shimol-Janub va G'arb-Sharq savdo yo'llari kesishadi, rivojlangan temir yo'l transporti, Volgada suv transporti mavjud, A.Yu.Gagarin nomidagi yangi xalqaro aeroport ochilib, Shanxay-Gamburg yo'nalishining bir qismi bo'lgan «Meridian» pullik yo'lini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaligini aytib, O'zbekiston Respublikasi va Saratov viloyati o'rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini belgilab o’tdi.
Saratov viloyati savdo-iqtisodiy hamkorlikni, sanoat kooperatsiyasini faollashtirish va eksport imkoniyatlarini oshirishdan manfaatdor. Saratov tadbirkorlari har yili O'zbekiston Respublikasi hududida biznes-missiyalar va iqtisodiy forumlarda ishtirok etadilar.
Marina Lapenko Evrosiyo integratsiyasi bo'yicha mutaxassis bo'lib, yig'ilganlarning e'tiborini Evrosiyo integratsiyasining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan imkoniyatlarni batafsil ko'rib chiqish zarurligiga qaratdi. Bu nafaqat O'zbekistonlik eksportchilar bugungi kunda duch kelayotgan to'siq va cheklovlarni olib tashlash, balki erkin savdo zonalari mexanizmi orqali tashqi bozorlarga chiqish istiqbollari hamdir. Shunday qilib, amaldagi va ishlab chiqilgan bitimlar Janubiy-Sharqiy Osiyo (Vetnam va Singapur orqali), yaqin Sharq (Eron orqali), Afrika (Misr orqali) bozorlariga, shuningdek, lotin Amerikasi bozorlariga kirish imkoniyatini beradi.
O'zbekiston Respublikasi bilan EOII (Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi) o'rtasidagi o'zaro hamkorlik istiqbollari masalasi o'zaro manfaatli va siyosiylashtirilmagan, hamda jamiyat uchun tushunarli bo'lishi kerak. Bu, ayniqsa, saylov kampaniyasida muhim ahamiyatga ega. Buning uchun hukumat organlari, Savdo-sanoat palatasi va turli jamoat tashkilotlarining sa'y-harakatlarini birlashtirish zarur.