Oʻzbekiston turistik politsiyasi xodimlari ham avvalombor rus tilida gapira olishi kerak, chunki MDHdan kelayotgan turistlarning aksariyati rus tilida gapiradi - IIV.
Oʻzbekistonda Xavfsiz turizmni taʼminlash bulinmalari xodimlariga avvalo rus tilini bilish talabi qoʻyilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga IIVning Xafvsiz turizmni taʼminlashnm muvofiklashtirish boshkarmasi boshligi Abdurashid Alisherov maʼlum kildi.
“MDH davlatlaridan kelayetgan turistlarni barchasi rus tilini bilishlari tufayli bizning xodimlarimiz avvalo rus tilini bilishlari kerak deb hisoblaymiz. Bu yurtimizga kelayetgan turistlarda xodimlarimiz xakida ijobiy imidjni shakllantirishga xizmat kiladi”, - dedi Alisherov jurnalistlarga.
Shuningdek, politsiya xodimlari butun dunyoda universal til hisoblangan - ingliz tilida ham gapirishni bilishi kerak. Turistlarda savol yoki muammo paydo bulgan hollarda, xodimlar ular bilan bemalol gaplashib muammoni tezda bartaraf etishga yordam beradi, deydi Xavfsiz turizm boshqarmasi boshligʻi.
Maʼlumki, xitoylik turistlar soni ham yildan yilga koʻpayib bormoqda. Kelajakda Oʻzbekistonga kelayotgan Xitoylik sayyohlar oqimi oshishi kutilayotgani munosabati bilan, xitoy tilini biladigan xodimlarimiz sonini ham koʻpaytirish rejasi bor, deydi turistik politsiya boshligʻi.
Turizm politsiyasi boshkarmalarining asosiy vazifasi - turistlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish yordamga muxtoj sayyohlarga tezkor va sifatli yordam koʻrsatish vazifalari yuklatilgan, deydi Alisherov.