Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilxomjon Neʼmatov investitsiya, turizm va eksport masalasi boʻyicha maʼlumot berdi.
Bugun Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilxomjon Neʼmatov investitsiya, turizm va eksport boʻyicha maʼlumot berdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.
“Besh oy davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el samoyalarni olib kelishga qaratildi. Investitsiyalar boʻyicha umumiy qiymati 500,2 milliard soʻmlik boʻlgan 244 ta loyiha ishlab chiqilgan”, - Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari.
Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda umumiy qiymati 1,2 milliard soʻmlik 163 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
TIV vakili taʼkidlashicha, turistlar soni oʻtgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga oʻsdi. Joriy yilning oʻtgan davr mobaynida 1,3 million turist Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston elchixonasi bor davlatlarga eksport 30,6 foiz oʻsdi va umumiy qiymati 3 milliard 504 million soʻmni tashkil qildi”, - dedi Neʼmatov.