Model kinofestivalda “yalangʻoch” libosda paydo boʻldi - u keskin tanqidga uchradi

11 июня 2019

Mashhur vyetnamlik model Ngok Trin Kann kinofestivalida juda ochiq libosda paydo boʻldi.

 Vyetnamlik model Ngok Trin Kann kinofestivalida juda ochiq libosda paydo boʻldi.

Vietnam Express yozishicha, model oʻz vatanida keskin tanqidga uchradi.  Trin 19 may kuni Terrens Malikning “Yashirin hayot” film taqdimotiga tashrif buyurgandi. 29 yoshli model tadbirga juda ham ochiq libosda paydo boʻldi. 

Vyetnamlik modelning tashqi koʻrinishi oʻz vatanida jamoatchilik keskin eʼtiroziga sabab boʻldi. Bundan tashqari, ayol Xitoy va Janubiy Koreya OAVlar tanqidiga uchradi.

Keyinchalik Vyetnam hukumati ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshladi. “Uning Kann festivalida bunday libosda paydo boʻlishi bizning meʼyorlarga javob bermaydi – bu haqorat. Bunday tashqari, mamlakatimiz uchun yomon imidjni hosil qiladi” – dedi hukumat yigʻilishida Vyetnam madaniyat, sport va turizm vaziri Nguyen Ngok Tiyen.

Agar model aybdor deb topilsa, u majburiy jamoat ishlari yoki jarimaga tortilishi mumkin. 2005 yilda Ngok Trin eng chiroyli model deb topilgan.