Kseniya Sobchak Oʻzbekistonni Yaponiyaga oʻxshatdi

3 июня 2019 Kseniya Sobchak Oʻzbekistonni Yaponiyaga oʻxshatdi

Oʻzbekistonda hech kim mehmonga “yoʻq” deb javob bermaydi - Kseniya Sobchak taasurotlari.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Yaqinda sayohatdan qaytib kelgan Kseniya Sobchak Oʻzbekiston haqida oʻzining yorqin va samimiy xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Rossiyalik jurnalist Oʻzbekiston madaniyati va mehmondoʻstligini yuqori baholab uni kutib olgan kishilarga minnatdorlik bildirdi.  

“Oʻzbekiston – gʻaroyib madaniyat mamlakati. Bu yerda, xuddi Yaponiya kabi, hech kim sizga “yoʻq” deb javob bermaydi. Ikkinchidan – bu yerda haqiqiy sharqona ertak. Uchinchidan – siz ham men kabi keramika va qoʻlda tikilgan kashtalarni yaxshi koʻrsangiz – bu yoqqa marxamat. Samimiy mehmondoʻstlik uchun rahmat”, - deb yozib qoldirgan Kseniya Sobchak oʻz  instagramida.

Oʻtgan haftda Kseniya Sobchak Samarqandda olgan taasurotlari haqida xabar bergan edik. Oʻshanda rossiyalik teleboshlovchi oʻzining Goʻr Amir hamda Registondan olgan tassurotlari bilan boʻlishgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha yil oldin, aniqrogʻi 2017 yilda Kseniya Sobchak rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыy bilan boʻlgan intervyusida “Oʻzbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi” degan soʻzlarni aytgan edi. Bunga javoban internetda yuzlab oʻzbeklar Pushkin sheʼrlaridan satrlar oʻqib berishgan edi.

Ming marta eshitgandan bir marta koʻrgan yaxshi deganlaridek, Oʻzbekistonni oʻz koʻzi bilan koʻrib, yaxshi taasurotlar bilan qaytgan Kseniya Sobchak bundan buyon oʻzbeklar haqida gapirganda adashmaydi deb umid qilamiz.