Moskvaning Tretyakov galereyasidan mashhur rassomning asarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

28 января 2019 Moskvaning Tretyakov galereyasidan mashhur rassomning asarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Hozirda Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

 Politsiya Moskvaning Tretyakov galereyasidan rassom Arxip Kuinjining «Ay-Petri. Krыm» asarini oʻgʻirlashda gumonlanuvchi shaxsni qoʻlga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti, Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk xabariga asosan.

Tretyakov galereyasidan mashhur rassomning asari oʻgʻirlandi

Xabarda yozilishicha, 31 yoshli erkakni Moskva viloyati Odintsovo tumanining Zarechye posyolkasida topishgan.

U huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga oʻgʻirlangan asarni u qoʻlga olingan joydagi qurilishi bitmagan obʼyektda berkitganini maʼlum qilgan.

Hozirda Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, politsiya bu voqeaga aloqador boshqa ishtirokchilar ham borligini gumon qilib, qidiruvni davom ettirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvadagi Tretyakov galereyasidan mashhur rus rassomi Arxip Kuindjining asarlaridan biri oʻgʻirlangani haqida xabar qilgandik. Ushbu sanʼat asari 1898 – 1908 yillarda yaratilgan boʻlib, uning oʻlchamlari 39x53 santimetrni tashkil qiladi.Sanʼat asari qogʻozda moyboʻyoq bilan chizilgan. Uning aniq narxi maʼlum emas, muzey tomonidan 12 mln rublga (200 ming $) sugʻurtalangani maʼlum.



Read more: sputniknews-uz.com