Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv, isitish tizimi va gaz vaqtinchalik toʻxtatiladi

28 января 2019 Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv, isitish tizimi va gaz vaqtinchalik toʻxtatiladi

Poytaxtning uch tumanida issiq suv, isitish tizimi va gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 Toshkentning  uch tumanida issiq suv, isitish tizimi va gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. U haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Bektemir tumanlarida 2019 yil 28 yanvar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar issiq suv, isitish tizimi va gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi”, - deyiladi xabarda.

Vaqtinchalik cheklov qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan hududlarda gaz tarmoqlarini demontaj qilish ishlariga bogʻliq.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Yevgeniy Odinokov