Chelyabinsk viloyati sogʻliqni saqlash vazirligi soʻzlariga koʻra, Tojikiston fuqarosi kasalxonada qolgan soʻngi bemor hisoblanadi.
Magnitogorskdagi portlashdan soʻng tirik qolgan Tojikiston fuqarosi seshanba kuni shifoxonadan chiqadi, deb xabar qildi RIA Novosti Chelyabinsk viloyati sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
Chelyabinsk viloyati sogʻliqni saqlash vazirligi soʻzlariga koʻra, Tojikiston fuqarosi kasalxonada qolgan soʻngi bemor hisoblanadi.
Magnitogorsk fojiasi
2018 yil 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida koʻpqavatli uylarning birining podʼyezdi oʻpirilib tushdi.
Fojia sodir boʻlgan vaqtda bino ichida 120 kishi boʻlgan.
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok boʻldi. Ular ichida 4 nafar Tojikiston fuqarosi – ona va uch nafar bola.
Halok boʻlgan tojikistonlik ayolning turmush oʻrtogʻi 26 yoshli Shuxrat Ulfatov birinchi boʻlib vayronlar ostidan topishdi. Jabrlangan tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizildi.
Shifokorlar Tojikiston fuqarosida oʻpka, qorin va bosh-miya qismlarda koʻplab jarohatlar borligi aniqlandi.
Bemorga ikkita jarohlik operatsiyasi oʻtkazildi.
Hozircha Ulfatov ayoli va uch nafar farzandi halok boʻlganligini bilmaydi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Natalya Seliverstova