Toshkent viloyatidagi qogʻoz qabul qilish punktida yongʻin yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

28 января 2019 Toshkent viloyatidagi qogʻoz qabul qilish punktida yongʻin yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

"Qogʻoz va yelim idishlar qabul qilish" punkti qorovulxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yongʻin sodir boʻlgan.

. 2019 yil 26 yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani Birlik mahallasida joylashgan "Qogʻoz va yelim idishlar qabul qilish" punkti qorovulxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Yongʻin xavfsizligi xizmati FVV ixtiyoriga oʻtkaziladi

Xabarda aytilishicha, shu yerda boʻlgan ushbu punktning qorovuli A.Q. kuyish jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© AFP 2018 / PHILIPPE HUGUEN