Mashhur rassomning asari qanday qilib oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi - video

28 января 2019 Mashhur rassomning asari qanday qilib oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi - video

Ijtimoy tarmoqda Moskvadagi Tretyakov galereyasidan mashhur rassom Arxip Kuinjining «Ay-Petri. Krыm» asarini oʻgʻirlash holati videosi paydo boʻldi.

Rossiya IIV asarning qoʻpol ravishda oʻgʻirlanish kadrlarini namoyish etdi.

Kadrlarda nomaʼlum shaxs barchaning koʻz oʻngida devordan suratni olib, sekinlik bilan xonadan chiqib ketayotgani tavsirlangan.

Hodisa Moskvadagi Davlat Tretyakov galereyasida 27 yanvar kuni sodir boʻlgan.

Hozirda asarni oʻgʻirlashda gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olingan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-Skrinshot / youtube