Jahon chempioni Oʻzbekiston uchun toʻp kiritdi: afsonaviy futbolchining tashrifi qanday oʻtmoqda

28 января 2019 Jahon chempioni Oʻzbekiston uchun toʻp kiritdi: afsonaviy futbolchining tashrifi qanday oʻtmoqda

Afsonaviy futbolchiga chopon va doʻppi sovgʻa qilindi.

 2002 yil jahon chempioni va “Real” sobiq oʻyinchisi Roberto Karlos Toshkentda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Shuningdek, Karlos yoshlar uchun master-klass oʻtkazib, oʻrtoqlik uchrashuvda ishtirok etdi.

Afsonaviy futbolchiga milliy chopon va doʻppi sovgʻa qilindi.

Roberto Karlos turli futbol maktab oʻquvchilari uchun master-klass oʻtkazdi.

Keyin futbol yulduzi Oʻzbekiston futbol fahriylari bilan oʻrtoqlik uchrashuvda ishtirok etdi.

Ushbu oʻyinda “Paxtakor” va terma jamoaning oldingi uyinchilari Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tadjiyev, Ildar Magdeyev, Bahodir Axmedov, Aleksandr Xvastunov, Aleksey Roщin ishtirok etdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov