Oʻzbekiston Mudofaa vaziri ilk bor AQShdagi harbiy oʻquv mashgʻulotlarini kuzatadi

25 января 2019 Oʻzbekiston Mudofaa vaziri ilk bor AQShdagi harbiy oʻquv mashgʻulotlarini kuzatadi

“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari.

 Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Kemp-Shelbi harbiy bazasida “Janubiy zarba” oʻquv mashgʻulotlarini ilk bor kuzatadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019-yilning 26-30-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi.

“Mamlakatimiz Mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) “Janubiy zarba” oʻquv mashgʻulotlarining faol fazasini kuzatib borishadi”, - deyiladi xabarda.

Tojikistonda oʻzbek harbiylari ishtirokida mashgʻulotlar qanday oʻtdi

“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qoʻshin turlarining qoʻshma harakatlarini mashq qilish. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ilk bor mazkur tadbirda ishtirok etmoqda, deya maʼlum qiladi vazirlik.

Shuningdek, harbiy delegatsiya Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi, Oʻzbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM oʻrtasidagi Harbiy aloqalar rejasida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashadi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov