Qosimxoʻjayev hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning Oʻzbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilayotganini maʼlum qildi.
2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan uch baravarga oshdi va 371,5 ming kishini tashkil etdi, deb xabar qildi RIA Novosti, Oʻzbekiston Davlat turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev maʼlumotiga asosan.
“2018 yilda Rossiyadan 371,5 ming kishi keldi, yaʼni oʻsish qariyb 3 baravarga oshganini koʻrsatadi”, - dedi Qosimxoʻjayev.
Qosimxoʻjayev hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning Oʻzbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilayotganini maʼlum qildi. U 2018 yilning oxirida Oʻzbekiston delegatsiyasi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” loyihasi doirasida mamlakatning turistlik imkoniyatini namoyish qilish maqsadida Yekaterinburg, Ufa, Qozon va Novosibirsk shaharlariga tashrif buyurishganini eslatib oʻtdi.
Avvalroq Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsullik boʻlimi mudiri Ivan Fetisov RIA Novostiga Rossiya fuqarolarining Oʻzbekistonga kirishda bojxona va pasport nazoratidan oʻtishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgani haqida shikoyat bilan murojaat qilishlari toʻxtaganini maʼlum qilgandi. U Rossiya fuqarolar mamlakatda roʻyxatdan oʻtish boʻyicha muammolarga duch kelishmayotganini taʼkidladi.
Davlat turizm qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 5,3 million nafarni tashkil etgan (2017 yilga nisbatan 1,96 baravarga koʻproq), jumladan 4,6 million kishi qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlaridan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston sayohat qilish uchun eng xavfsiz boʻlgan davlatlar beshligiga kiritilgani haqida xabar qilgandik.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / Allan Grey