Niderlandiyaliklar Oʻzbekistonda tovuq goʻshtini qayta ishlash zavodini qurishga yordam beradi-

25 января 2019 Niderlandiyaliklar Oʻzbekistonda tovuq goʻshtini qayta ishlash zavodini qurishga yordam beradi-

Toshkent viloyatida tovuq goʻshtini qayta ishlash fabrikasini qurilishi uchun 10 million yevro kerak boʻladi.

 Niderlandiya kompaniyasi Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida tovuq goʻshtini qayta ishlash zavodini ishga turishga yordam beradi, debxabar qildi TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha Oʻzbekistonning Niderlandiyadagi elchisi Dilyër Xakimov bu masalani Marel Holding BV kompaniya rahbariyati bilan muhokama qildi.     

Niderlandiya tomoni respublikada ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining assortimentini koʻpaytirish va ularni xalqaro bozorlarga yarim tayyor mahsulot koʻrinishidagi yetkazib berish imkoniyatlarini taʼminlaydigan qayta ishlash korxonalarini tashkil etishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

Korxonaning loyiha qiymati 10 million yevro miqdorida baholanmoqda.

Marel Holding BV kompaniyasining vakillari fevral oyining boshida zavod qurilishi masalasini muhokama qilish uchun Oʻzbekistonga kelishadi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Yevgeniy Biyatov