Surxondaryodagi paxta tsexida koʻp miqdorda davlat mulki talon-toroj qilinganligi aniqlandi

25 января 2019 Surxondaryodagi paxta tsexida koʻp miqdorda davlat mulki talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 214,4 mln. soʻmlik 72 tonna sara urugʻlik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilganligi aniqlandi.

 Bosh prokuratura huzuridagi Inspektsiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshirishda, viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida tsex boshligʻi lavozimida ishlab kelgan S.S. goʻyoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 million soʻmlik 72 tonna sara urugʻlik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda koʻp miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining telegramm-kanali xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



Read more: еще: sputniknews-uz.com, фото-© AFP 2018 / NOAH SEELAM