Rossiya bojxonachilari Oʻzbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirishmoqda

25 января 2019 Rossiya bojxonachilari Oʻzbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirishmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishiga asosan Federal bojxona xizmatining mutaxassislari shu yil oʻzida Oʻzbekistonga yuborilishi mumkin.

 Rossiya Federal bojxona xizmati Oʻzbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Federal bojxona xizmati matbuot xizmatida maʼlum qilishdi.

“Aniq sanalar haqida aytilmayapti. Birinchi navbatda tomonlar vakillar ish faoliyati uchun normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllashtirish zarur boʻladi. Birinchi bosqichda toʻliq vakolatxona ochmasdan, Federal bojxona xizmati vakillarini Oʻzbekistonga joʻnatishni rejalashtirmoqdamiz. Parallel ravishda oʻzbekistonlik hamkasblar bilan vakolatxona ochish boʻyicha bitim loyihasini boʻyicha ish olib boramiz”, - deb maʼlum qilishdi Federal bojxona xizmatida.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishiga asosan Federal bojxona xizmatining mutaxassislari shu yil oʻzida Oʻzbekistonga yuborilishi mumkin.

Vakolatxonani ochib boʻyicha bitim loyihasini tayyorlash uchun 2-3 yil ketishi mumkin.

Oʻtgan kuni Rossiya Federal xizmati raisining birinchi oʻrinbosari Ruslan Davidov matbuot anjumanda dunyoning 20 ta mamlakatda vakolatxona mavjudligi va kelgusida uchta davlatda, xususan Niderlandiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda ochishni rejalashtirilganligini  maʼlum qildi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ilya Pitalev