Maxfiy xazina: qachon Toshkentda topilgan boyliklar haqida batafsil maʼlumot beriladi

22 января 2019 Maxfiy xazina: qachon Toshkentda topilgan boyliklar haqida batafsil maʼlumot beriladi

Milliy universitet xodimlari ushbu xazinani haqiqatda shu yilda topilganligini Sputnikga tasdiqlashdi. Hozirda mutaxassislar ish olib bormoqda.. Milliy universitetda Toshkent knyaz Romanov saroyidan topilgan xazina haqidagi xabarni Sputnik agentligiga tasdiqlashdi.

Kuni kecha OAVlarda Toshkent markazidagi eski binolardan birining yertoʻlasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yertoʻlasidan 80 yillar avval yoʻqolgan xazina topilganligi haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

Milliy universitet mutaxassislari shu xazinani haqiqatda shu yilda topilganligini tasdiqlashdi. Hozirga vaqtda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Prorektor Najmiddin Qodirovning soʻzlariga koʻra, xazina haqida batafsil maʼlumotni jurnalistlarga bir oy yoki bir yarim oydan soʻng maʼlum qilinadi.

Ilgariroq, Milliy universitet olimlari poytaxt markazidagi eski binolardan birining yertoʻlasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yertoʻlasidan 80 yillar avval yoʻqolgan  noyob sanʼat asarlari, oltin quymalar, oltin, kumush tanga va idishlar, qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar topilganligi haqida xabar berilgandi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Valeriy Melnikov