Oʻzbekistonda eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari tanlab olinadi

22 января 2019 Oʻzbekistonda eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari tanlab olinadi

Tanlov gʻoliblari Rossiya boʻylab ekskursiyaviy sayohatga yoʻllanma oladilar

Rossiya Taʼlim va madaniyat markazi koʻmagida Toshkentda "Oʻzbbekistonda rus tili - yangi ufqlar" tanlovi oʻtkazilmoqda. Bu haqda "Rus gumanitar missiyasi" matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Tanlov Rossiya madaniyati, tarixi va rus tiliga jamoatchilik qiziqishini shakllantirish va Oʻzbekistonda rus tili oʻqituvchilarining malakasini oshirishga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Pedagoglar tanlovning bir nechta bosqichlaridan oʻtishlari kerak boʻladi. Birinchi bosqichda oʻqituvchilar "Kasbim sari yoʻl" mavzuida esse yozishlari kerak boʻladi. Bu ishlar orasidan hayʼat aʼzolari 30 esseni tanlashadi va mualliflar keyingi turga yoʻl oladi.

Ikkinchi turda oʻqituvchilar maktab darsi videofragmentini tayyorlashadi. Oʻn nafar gʻolib ismlari 2019 yil 10 iyunda "Rus gumanitar missiyasi" saytida eʼlon qilinadi. Aynan mana shu oʻn gʻolib 2019 yil yoz faslida Rossiyaga sayohatga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

"Rus gumanitar missiyasi" tomonidan taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda taxminan 10% bolalar rus tiliga ixtisoslashgan maktablarda taʼlim oladilar. Oʻzbek tilida taʼlim beriladigan maktablarda ikkinchi sinfdan boshlab "Rus tili" fani kiritilgan. Shu bilan birga maktabda rus tilini oʻrganadigan oʻquvchilardan 50%igina bu tilda bemalol gaplasha oladi. 1991 yil holatiga rus tilida Oʻzbekistonning 90% aholisi bemalol gaplashgan boʻlsa, 2001 yilda bu koʻrsatkich 70%ni, 2018 yilga kelib esa — atigi 50%ni tashkil qilgan. Bu muammo rus tilida dars beruvchi oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash dasturi mavjud emasligi bilan izohlanadi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Stranitsa Azizы Mirzanazarovoy v facebook