Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirgan yozuvlarni koʻrsatishdi

22 января 2019 Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirgan yozuvlarni koʻrsatishdi

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida oʻzbekistonlik askarlar tomonidan 1945 yilda qoldirilgan yozuvlarni koʻrsatishdi.

 Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Berlinda Bendestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida soʻzlab berildi va uning tarixiy qismi boʻylab ekskursiya uyushtirildi. Maʼlumot uchun: Bundestag binosi 1999 yilga qadar Reyxstag deb atalgan.  

Ekskursiya davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida oʻzbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni koʻrsatishdi. 1945 yilning may oyida qoldirgan koʻplab yozuvlar orasida “Tashkent” degan yozuv va oʻzbek askarlarning ismi shariflari ham bor ham bor.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyovning Germaniya tashrifi 22 yanvarga qadar davom etadi. 22 yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Press-slujba prezidenta