Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yoʻlaklariga kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda

21 января 2019 Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yoʻlaklariga kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda

Namanganda fohishalar yashaydigan uylar, kompyuter oʻyinxonalari va spirtli ichimliklar sotish doʻkonlari yoʻlaklariga kuzatuv kameralari oʻrnatmoqda.

Namanganda, barcha fohishaxonalar, kompyuter oʻyinxonalari va spirtli ichimliklar sotish doʻkonlari yoʻlaklariga kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda, deb xabar qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati, oʻzining telegram kanalida.

“Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Mikrorayon hududidagi barcha fohishalik bilan shugʻullanib roʻyxatga tushgan xonadonlarni kirish yoʻlaklariga, koʻngilochar maskanlarga, kompyuter oʻyinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish doʻkonlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar boʻlimlariga ulangan boʻlib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tunu-kun nazoratga olinadi. 

Namangan viloyati hokimiyati fuqarolarni birgalikda Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish uchun kurashga taklif qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bir necha kishi 2 nafar oʻsmirni behush holga tushib qolguniga qadar shafqatsiz kaltaklagani videosi tarqalgan edi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-REUTERS / Kim Kyung-Hoon