Xulen ismli 2-yoshli bolakay 13 yanvar kuni ota-onasi bilan sayr qilayotgan vaqtda quduqqa tushib ketadi. Avvaliga quduqdan uning yigʻisi eshitilardi, biroq keyinchalik bolakay tirik ekanligidan nishon bermay qoʻydi.
Ispaniyaning Malaga shahrida yetti kundirki chuqur quduqqa tushib ketgan bolani qutqarish boʻyicha operatsiya davom etmoqda. Bu haqda Ispaniya mahallliy OAVlari xabar bermoqda.
Xulen ismli 2-yoshli bolakay 13 yanvar kuni ota-onasi bilan sayr qilayotgan vaqtda shaxtaga tushib ketadi. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, quduqni uchastka egasi suv qidirmoqchi boʻlib qazigan, ammo atrofini oʻrab qoʻyishni unutgan.
Quduq chuqurligi taxminan 100 metr, diametri esa atiga 25 santimetrni tashkil etadi. Shu bois qutqaruvchilar pastga tusha olmayabdilar.
Taxmin qilinishicha, bolakay 80 metrlik chuqurlikda.
Qutqaruvchilar shaxtani bola ustiga qum-tuproq tushmasin deb kengaytirishga jurʼat qilishmagan. Ular bolani qutqarish umidida yonidan parallel quduq qazishmoqda.
Xabarda keltirilishicha, avvaliga quduqdan Xulenning yigʻisi eshitilardi, biroq keyinchalik u tirik ekanligidan nishon bermay qoʻydi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik /