Rossiya Interpol boʻyicha yangi tashabbusni ilgari surmoqda

17 января 2019 Rossiya Interpol boʻyicha yangi tashabbusni ilgari surmoqda

Rossiya sobiq IIV rahbari Kulikovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Interpolga tezkor-qidiruv huquqi berilishi va tashkilot terrorchilarga qarshi kuch tuzilmalariga ega boʻlishini maqsadga muvofiq deb biladi.

 Rossiya Interpolga tezkor-qidiruv hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi funktsiyalari berilishi masalasini ilgari surmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiyaning sobiq IIV rahbari, Xalqaro politsiyachilar ekspert kengashi raisi, armiya generali Anatoliy Kulikov maʼlum qilgan.

Interpol prezidenti etib Janubiy Koreya vakili tayinlandi

Uning soʻzlariga koʻra, bu tashabbus fevral oyida Frantsiyaning Lion shahrida Interpol rahbariyati bilan oʻtkaziladigan uchrashuvda aytiladi.

"Rossiya ushbu tashabbusni ilgari surmoqda, va biz uni fevral oyi oxirida Lionda Interpol rahbariyati bilan oʻtkaziladigan uchrashuvda aytmoqchimiz", – dedi Kulikov.

Kulikovning taʼkidlashicha, Interpolga xalqaro terrorizm va jinoyatchilik, shuningdek, tezkor-qidiruv funktsiyalari qoʻshib berilsa, ideal boʻlardi.

"Bizning nazarimizda, Interpol xalqaro jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi funktsiyalari bilan shugʻullansa, bu ideal variant boʻlar edi, chunki tashkilot allaqachon mavjud. Ikkinchidan Interpol ulkan maʼlumotlar bankiga ega. Ammo tashkilot hozircha pochta qutisi vazifasini bajarmoqda. Nizom juda eskirgan. Ichki jinoiy va ichki jinoiy terrorizm muammolari ularga taalluqli emas. Biz esa bu aqida ekanligini va bunga oʻzgartishlar kiritish kerakligini aytmoqdamiz", - dedi Kulikov.



Read more: sputniknews-uz.com