Milliy bank mehmonxona jihozlarini xarid qilish uchun kredit liniyasi ochdi

17 января 2019 Milliy bank mehmonxona jihozlarini xarid qilish uchun kredit liniyasi ochdi

 Milliy bank mehmonxona va infratuzilma obʼyektlari uchun jihozlar xarid qilish uchun maqsadli kredit liniyasi ochdi.

Milliy bank turizm sohasida qurilayotgan va taʼmirlanayotgan obʼyektlarni qoʻshimcha moliyalash maqsadida kredit liniyasi ochdi, deb xabarqilmoqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.

“Kredit mablagʻlari mehmonxonalar va tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obʼyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Kredit umumiy muddati 15 yil, shundan imtiyozli davr — 5 yilni tashkil qiladi. Maqsadli kredit hajmi loyiha umumiy qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim, deyilgan xabarda.

Shuningdek,  bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSH dollaridan oshmasligi lozim.

Ushbu kreditni olish borasida xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar Oʻzbekiston Milliy bankiga murojaat qilishlari mumkin.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / Wei-Te Wong