Oʻzbekistonda yanada koʻproq oʻsimlik yogʻi ishlab chiqariladi

17 января 2019 Oʻzbekistonda yanada koʻproq oʻsimlik yogʻi ishlab chiqariladi

Oʻzbekistonda yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

 Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Read more: https://sputniknews-uz.com/economy/20190117/10533505/Ozbekistonda-yanada-koproq-osimlik-yogi-ishlab-chiqariladi.html

Qaror bilan hukumatga quyidagi vazifalar yuklandi:

Oʻzbekistonda 2019 yilda qancha maydonga paxta ekilishi maʼlum boʻldi

- Yogʻ-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

- 2019-2020 yillarda 150 million AQSH dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

- mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish;

- 2021 yilgacha yogʻ-moy xom ashyolari jamgʻarish miqdorini 100 ming tonnagacha yetkazish;

-2021 yilgacha oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish.

Shuningdek, yogʻ-moy sanoati tarmogʻi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi.

 

еще: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Sergey Venyavskiy