Serbiyada suiqasd qilmoqchi boʻlganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qoʻlga olingani haqida xabarlar paydo boʻlgandi.
Serbiyada jangari Armin Alibashichning qoʻlga olinishi Putinning boʻlajak tashrifiga hech qanday aloqasi yoʻq. Bu haqda RIA Novosti Sputnik Serbiya xabariga asosan maʼlum qildi.
Avvalroq OAVlarida Serbiyaning Novi-Pazar shahri yaqinidagi Potok qishlogʻida suiqasd qilmoqchi boʻlganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qoʻlga olingani haqida xabarlar paydo boʻlgandi. Jinoyatchining ryukzagida optik nishonga olgichli pnevmatik qurol va bir nechta pichoq topilgan.
Shundan soʻng terrorchining Bukresh qishlogʻidagi uyida tintuv oʻtkazilgan. Tintuv vaqtida katta miqdorda qurol-aslaha va bomba tayyorlash uchun qurilma, jumladan kimyoviy moddalar va detonator uchun komponentlar aniqlangan. Shuningdek, gumonlanuvchining uyida ISHID bayrogʻi hamda ushbu terrorchilik guruhining tashviqot materiallari va adabiyoti topilgan.
Serbiya nashrlari qoʻlga olingan jangari Rossiya rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgani haqida maʼlumot tarqatishadi. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu versiya rasmiy tasdigʻini topmadi.
Eslatib oʻtamiz, Vladimir Putinning Serbiyaga tashrifi 2019 yil 17 yanvarda rejalashtirilgan.
https: sputniknews-uz.com, фото-© AP Photo / Boris Grdanoski