Ajrimlar masalasi - eng dolzarb masalalardan biri sifatida qolmoqda, biz oilalar ajralishi sonini qisqartira olmadik, dedi Toshkentda Xalqaro Press Klub sessiyasida ishtiroki davomida xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva
Toshkent shahrida "Oʻzbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli yechimlar" mavzusida Xalqaro Press-klub sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxslarga koʻriladigan jazo choralari haqida eslatma berildi
Tadbir davomida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norbayeva ayollar duch kelayotgan muammolarni sanab oʻtdi, shuningdek, mamlakat boʻyicha ajrimlar soni va ushbu masala yechimlari xususida toʻxtaldi.
Norboyevaning soʻzlariga koʻra, bugun respublikada oila institutini saqlab qolishga yoʻnaltirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, 30 mingdan ortiq oila ajrashish yoqasida turibdi.
"Shuncha amalga oshirgan keng koʻlamli ishlarimizga qaramay, biz ajrimlar sonini qisqartirishga muvaffaq boʻlmadik". - dedi Norboyeva.
Ushbu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan "Oila" ilmiy-tadqiqot markazi 2019 yilda onlayn-loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu loyiha tufayli ajrashishdan keyin moliyaviy muammolari paydo boʻlgan ayollar oʻz bilim-koʻnikmalarini oshirib, kasb egallashlari mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / AlexTikhomirov